Şifokorlar Novosibirskda 23-qavatdan yiqilib, omon qolgan ösmirning ahvoli ijobiy tomonga özgarayotganini kuzatişmoqda. Bu haqida Soğliqni saqlaş vazirligining Novosibirsk viloyati bölimi xodimi RIA "Novosti"ga xabar berdi.

24 sentabr kuni 16 yoşli ösmir yoqtirgan qizida taassurot qoldiriş maqsadida Kirov tumanidagi uyning 23-qavatidagi balkon tösiğidan oşib ötgan, lekin muvozanatni yöqotib, pastga tuşib ketgan. Ösmir Renault Logan rusumidagi taksi avtomobili tomiga tuşganligi bois omon qolgan. Hozirda u mahalliy şifoxonaning jonlantiriş bölimida davolanmoqda. 

"Bemor hanuz jarrohlik bölimida. Uning ahvolida ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda, bir hafta içida bemorning umumiy bölimga ötkazilişi masalasi körib çiqiladi", - dedi agentlikning suhbatdoşi. 

Manbaga köra, mazkur hodisa yuzasidan yölga qöyilgan tergov işlari davom etmoqda. 

Novosibirsk viloyatining bolalar huquqlari böyiça komissari Lyubov Zyabreva ösmirning soğliği yaxşilanişi bilanoq ruhşunoslar u bilan işga kirişişlarini aytgan. Ösmir huşini yöqotmagan, ammo hozirça OAV xodimlari bilan uçraşişdan boş tortmoqda.