«Barselona» Ispaniya çempionatining joriy mavsumida 7 turdan keyin 13 oçko jamğargan. Kataloniyaliklar jamoasi bunday yomon startni oxirgi marta 2005/06 yilgi mavsumda qayd etgandi.
11 yil oldin kök-anorranglilar jamoasi 7 turdan keyin 10 oçko jamğarişgandi. Öşa mavsum yakunida «Barselona» çempionlikka erişa olgandi.
7-turda Luis Enrike şogirdlari «Selta»ga 3:4 hisobida mağlub bölişdi. Mehmonlar safida gollarga Pione Sisto, Yago Aspas va Pedro Ernandes mualliflik qildi, yana bir gol mezbonlar himoyaçisi Jyeremi Matyo hisobiga yozildi. «Barselona» safida himoyaçi Jyerar Pike dubl qayd etdi, «Selta» darvozasiga belgilangan penaltini Neymar aniq amalga oşirdi.
Ayni vaqtda «Barselona» 13 oçkosi bilan turnir jadvalida törtinçi örinda joylaşib turibdi. Madridning «Atletiko» jamoasi 15 oçko bilan birinçi örinda. Ikkinçi örindagi «Real» 15 oçko töplagan, uçinçi örinda «Sevilya» 14 oçko bilan joylaşgan.
Manba: tribuna.uz












