Rossiyaning Suriya poytaxtidagi elçixonasi hujumga uçradi. Rossiya TIV Damaşqdagi elçixona minomyotdan öqqa tutilgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlagan.

Hujum oqibatida elçixona xodimlari jabrlangani haqida xabar yöq.

Minalardan biri elçixona oldidagi uyga kelib tuşgan. Rossiya TIV bu mina keltirgan zararni qoplab berişga tayyorligini bildirgan.

Yana 2ta mina elçixona röparasida portlagan.

TIV xabariga köra, bu minalar Damaşq yaqinidagi Jobar şahridan otilgan. Bu şahar "Jibhot an-Nusra" nazoratida hisoblanadi.

Rossiyaning Damaşqdagi elçixonasi bundan avval ham hujumlar tufayli faoliyatini töxtatgandi. 2015 yilning mayida ham binoga minomyotdan zarba berilgandi. Rossiya TIV ma'lumotiga köra, öşanda ham hujum Jobar tumanidan yöllangandi. Şuningdek, Rossiya elçixonasiga 2013 yilda ham hujum uyuştirilgan.