Zimbabvedagi «Xvange» jamoasi maoşlar tölanişidagi qarzlar tufayli iş taşlaşdi. Bu haqda Xalqaro professional futbolçilar assotsiatsiyasi (FIFPro) ma'lum qilgan.

Qayd etilişiça, jamoaning ba'zi futbolçilari 2 yildan buyon maoş olişmagan. 2015 yil uçun «Xvange» futbolçilariga 500 dollardan berilgan. Holbuki, ularning yillik maoşi miqdori şartnoma böyiça yiliga 3600 dollardan edi. Bu esa dunyoda futbolçilarga tölanadigan eng kam maoş hisoblanadi.

Joriy yilda esa futbolçilarga 200 dollardan maoş va 250 dollardan bonus pullari berilgan. Klub ularning har biriga yana 2015 yil uçun 800, 2016 yil uçun esa 1950 dollardan tölaşi talab etiladi. Futbolçilar keyingi oylarda uy uçraşuvlari uçun 10 dollardan, safar uçraşuvlari uçun esa 20 dollardan olişmoqda.

Xabar qilinişiça, «Xvange» rahbariyati futbolçilarga agar qarzdorlik böyiça holatni ommaga oşkor qilişsa, ularni klubga tegişli hisoblanadigan uylaridan çiqarib yuboriş bilan tahdid qilişgan.

2015 yilgi mavsumda «Xvange» içki çempionatda sakkizinçi örinni egallagandi.

Manba: Tribuna.uz