Google kompaniyasi Pixel smartfonlari anonsidan keyin Daydream - virtual reallik dubulğasi, Google Wi-Fi routeri, Chromecast Ultra TV-pristavkasi va Google Home'ning final versiyasini taqdim qildi. Bu haqida hi-tech.mail.ru'da ma'lum qilindi.
Daydream

Google kompaniyasi Daydream platformasi uçun yangi virtual reallik dubulğasini namoyiş qildi. Pixel smartfoni bu VR-tizimni qöllovçi ilk qurilmaga aylandi. Dubulğa narxi - taxminan 79 dollar.

Dubulğa aksariyat smartfonlar uçun universal hisoblanadi. Virtual reallik interfeysini maxsus pult orqali boşqariş mumkin böladi.
Chromecast Ultra

Chromecast TV-pristavkasi yangilandi - uning yangi versiyasida Ultra modeli taqdim qilindi. Yangi model 4K-videoni qöllab-quvvatlaydi, u özining "ötmişdoş"idan 1,8 barobar tezroq işlaydi va Ethernet-ulanişga ega, televizorga HDMI orqali ulanadi. Bahosi - 69 dollar.
Google Wi-Fi

Kompaniya yangi Google Wi-Fi routerini namoyiş qildi. Uni xonadon böylab Wi-Fi töliq qamrab olişi uçun bir neça routerdan iborat maxsus massivda qöllaş mumkin. Bir qurilma qiymati - 129 dollar, uç qurilmadan iborat töplam narxi esa - 299 dollar.
Google Hub

Kompaniya xonadon uçun "aqlli" qurilmaning final versiyasini namoyiş qildi. Hub'ga Google Assistant ovozli assistenti örnatildi, u bilan deyarli tirik odamdek muloqot qiliş mumkin böladi. Yordamçidan taom retsepti, gapni tarjima qiliş, çiroqni yoki musiqani yoqiş va boşqa köplab narsalarni bemalol sörayverasiz. Masalan, unga "Xayrli kun" desangiz, u sizga vaqt, ob-havo, yöllarning tirbandligi haqidagi ma'lumotlarni yetkazadi. Google Hub buyruq kontekstini inobatga oladi.













