Çeçeniston poytaxti Grozniyda bolalar iştirokida qoidasiz janglar musobaqalarini ötkazişga yöl qöyib bölmaydi va uni oqlab bölmaydi, deb aytdi Rossiya MMA ittifoqi prezidenti, sobiq jahon çempioni Fedor Yemelyanenko instagramdagi akkauntida.
4 oktabrda Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovning 10 yoşli öğli Ahmad Grozniyda aralaş yakkakuraş böyiça musobaqada 14 soniyada nokaut bilan ğolib böldi. Uning yana ikki öğli – Ali va Adam mos ravişda 27 va 35 kg vazn toifasidagi körgazmali janglarda öz raqiblarini yutdilar.
"Keça bolalar iştirokidagi janglar körgazmali böldi, biroq muxlislar aslida haqiqiy janglarning guvohi bölişdi. Bu sport qoidalariga köra, 21 yoşgaça bölgan sportçilar ringga şlemda, nakladkalarda, 12 yoşgaça bölganlari esa yana raşgard yoki futbolkada çiqişlari kerak", deb aytdi Yemelyanenko.
"Bundan taşqari, 21 yoşdan kiçik yoş guruhlari uçun ma'lum çeklovlar mavjud. Biroq janglar katta yoşdagi professional-yakkakuraşçilar uçun belgilangan qoidalarga köra ötkazildi, bu esa bolalarga töğri kelmaydi. 12 yoşgaça bölgan bolalarga umuman MMA qoidasi böyiça kuraşiş taqiqlangan. Grozniydagi musobaqada yuz bergan holatga yöl qöyib bölmaydi, uni oqlab ham bölmaydi", deb ta'kidlab ötdi Yemelyanenko.
Yemelyanenko, şuningdek, bu janglar jonli efirda körsatilganidan jahli çiqdi. "Menga "Matç!Boyets" telekanali nima uçun bolalar jangini jonli efirda körsatayotgani tuşunarsiz böldi. Men 12 yoşgaça bölgan bolalar muxlislar sifatida zalga kiritmasligini aytmasam ham böladi, biroq bu yerda 8 yoşli bolakaylar katta yoşli mamnun muxlislar köz öngida bir-birlarini döpposlaganlar. Nahotki, bolalar soğliğiga ziyon yetkaziş evaziga bunday tomoşalarni taşkillaştiriş şunçalik muhim bölsa?", deb kuyungan sportçi.
"Meni bu barça tomoşani respublika prezidenti Ramzon Qodirov kuzatib ötirgani juda qattiq ajablantirdi. Uning sport vazirligidagi maslahatçilari unga 12 yoşgaça bolalarga jang ötkazişga ruxsat yöqligini aytişmaganmi? Biz birinçi örinda ösayotgan avlodga örnak bölişimiz va ularning salomatligi haqida qayğurişimiz kerak. Kattalar darajasi bilan teng darajadagi janglarda iştirok etiş bolalarning salomatligiga tuzatib bölmas putur yetkazişi mumkin, bu esa ularga sport faoliyatlarini davom ettirişga nafaqat imkon bermaydi, balki bolaning jismoniy holati va ruhiyatiga ziyon yetkazadi", deb öz sözlarini intiholadi sportçi.












