Ötgan asr 70-yillarida qişki Olimpiya öyinlari dasturidan örin olgan xokkey sporti Markaziy Osiyoda keng tarqala boşladi. Öşa davrlarda tuzilgan Toşkentning “Binokor” klubi qançalik kuçli va maşhur bölganini katta avlod vakillari yaxşi eslaşadi. Uşbu maqolani öqiyotganlar orasida “Binokor”ning öyinçilarini öz közi bilan körganlar ham bordir balki. Hozirda uşbu jamoa faxriylari yangi yoş avlodni voyaga yetkazişmoqda. Qilingan işlar qisqa vaqt mobaynida öz samarasini beryapti. Yozda Qozoğistonning “Armada” jamoasi yoşlari poytaxtimizga taşrif buyurib, Toşkentdagi tengqurlari bilan örtoqlik uçraşuvini ötkazişgan edi. Öşa öyinlarda özining texnikasi va harakatlari bilan ajralib turgan 7 yoşli Salohiddin Azimov uşbu “Armada” mutasaddilari e'tiboriga tuşdi va jamoaning örtoqlik uçraşuvlariga taklif etildi.
Ayni damda köpgina klublar qatori “Armada” ham yangi mavsumga tayyogarlik körmoqda. Klub mavsum oldidan Qizilörda yoşlar jamoasi bilan 2 ta örtoqlik uçraşuvini ötkazdi. Özidan kattalar bilan öynaşiga qaramasdan, toşkentlik yoş klyuşka ustasi ikkala uçraşuvda jami 8 ta gol urib, şeriklariga 3 ta golli uzatma ham berdi. Bu esa jamoasining ğalabasiga katta poydevor böldi va Salohiddin har ikki uçraşuvda ham eng yaxşi öyinçi, deb topildi.

Salohiddin hozirda poytaxtimizdagi 41-maktabda endigina 1-sinfda öqişni boşladi. Kelişuvga binoan, xokkeyçimiz “Armada” yoşlar (U-12) jamoasi öyini bölgan paytlari Qozoğistonga borib keladi. Qolgan payt Toşkentda darslaridan söng maşğulot qilişda davom etadi.

Xokkey işqibozlari ötgan asr oxiri va yangi asr boşlarida “Rus raketasi” nomi bilan maşhur bölgan Pavel Bureni yaxşi bilişsa kerak. Hozirda Rossiya xokkey federatsiyasida faoliyat olib borayotgan Bure Salohiddinning öyinlari tuşirilgan videoni körgaç, TsSKA maktabiga taklif qildi. Buning uçun yana 3 yil kerak. Uşbu maktabga xokkeyçilar 10 yoşdan qabul qilinadi. Işonçimiz komilki, yaqin yillar içida bunday iqtidorli yoşlar yurtimizda köplab kaşf etiladi va özbek xokkeyçilarini ham Olimpiya öyinlarida köramiz.


Manba: Sports.uz











