11:14 / 07.10.2016
4364

AQSh sudi Kuvayt fuqarosini Twitter orqali sudga chaqirdi

Kuvayt fuqarosi birinchi marotaba AQSh sudiga Twitter orqali chaqirildi. Bu haqida 6 oktabr, payshanba kuni US News & World Report nashri xabar berdi

Kuvayt diniy arbobi Hajjaj bin Faxd al-Ajmiy Yaqin Sharqda "Jyebhat an-Nusra" guruhi terrorchilarini moliyalashtirish ishi bo‘yicha sudga jalb qilingan. Unga qarshi yuz minglab ossuriya nasroniylari kollektiv da'vo arizasi bilan chiqishgan, jangarilarning Suriya va Iroqdagi harbiy harakatlaridan jabr ko‘rgan bu kishilar Hajjaj bin Faxd al-Ajmiydan tovon puli talab qilishmoqda (miqdoriga aniqlik kiritilmagan). 

Mazkur ishni Kaliforniya shtatining federal sudyasi Lorel Biler ko‘rib chiqmoqda. Dastlabki muhokamalarda u gumondorni oddiy usullar bilan sudga jalb qilib bo‘lmasligini tushunib yetdi. Shunda Biler al-Ajmiyning Twitter'dan foydalanishidan xabar topadi va uni ijtimoiy tarmoq orqali sudga chaqirishga qaror qiladi. Ayblanuvchi tomonidan bunga javob berilganligiga doir hech qanday ma'lumot yo‘q. 

Bu AQShdagi birinchi bunday hodisa emas. 2014 yilda Nyu-York federal sudi Turkiya fuqarosiga Facebook, LinkedIn va elektron pochta orqali sud chaqiruv qog‘ozini yo‘llagan. 2013 yilda esa Hindistonning 5 nafar fuqarosi Virjiniya sudiga shunday yo‘l bilan jalb etilgan. 

Top