Fancy Bears xakerlik guruhi özining rasmiy saytida 2015 yilda davolaş maqsadida istisno tariqasida AQŞlik 583 sportçi taqiqlangan moddalar qabul qilganini ma'lum qildi. Bu haqda AQŞ aksildoping agentligi (USADA) ilmiy rahbari, doktor Mett Fedorukning maktublari buzib kirilgandan keyin ma'lum böldi.  

Eng köp istisno velosport, yengil atletika, triatlon, suziş va çanği, ya'ni çidamlilik hal qiluvçi örin tutgan sport turlarida berilgan. Bundan taşqari, xakerlarning ma'lumotlariga köra, taqiqlangan moddalarni 2016 yilgi Paralimpiadada aravalarda basketbol ğoliblari bölgan amerikalik paralimpiyaçilar ham qabul qilgan.