Niderlandiya soğliqni saqlaş vaziri Edit Sxippers Niderlandiyadagi parranda fabrikalarida yana bir taqiqlangan insektitsid izlari aniqlanganini ma'lum qildi. Euractiv naşri Niderlandiya parlamentiga yuborgan xatida ma'lum qilişiça, vazir 2016 va 2017 yillarda ChickenFriend kompaniyasi bilan boğliq bölgan 5 ta korxonada tekşiruv ötkazilayotganini aytgan.
Aynan ChickenFriend Yevropaning 18 ta davlati va uning ortidagi boşqa davlatlarga yetkazilgan tuxumlarga fipronil zaharli moddasi tuşişida aybdorlikda gumon qilinmoqda.
Naşrning eslatişiça, fipronil hayvonlarda burgalarni yöq qiliş uçun qöllanadi, biroq uni göşti iste'mol qiliş uçun möljallangan hayvonlarda qöllaş taqiqlangan.
Bu gal niderlandiyalik tergovçilar 5 ta parranda fabrikasidan musodara qilingan tuxumlarda amitraz insektitsidi izlarini aniqlaşgan. Bu vosita “örtamiyona zaharli modda” hisoblanadi. U markaziy asab tizimining şikastlanişiga olib kelişi mumkin va organizmga tuşgandan keyin tez parçalanadi. Bu vositani çöçqalar va yirik şoxli çorvaga qöllaşga ruxsat berilgan, biroq parrandalar uçun emas.
Vazirning aytişiça, hozirça bu insektitsidning odam salomatligiga xavfi kölami noaniqligiça qolmoqda. Bungaça uşbu vosita tuxumlarda aniqlanmagandi.
Iyul oxirida Niderlandiyada tovuq tuxumlarida fipronil vositasi aniqlangandan keyin 138 ta parranda fabrikasi yopib qöyilgandi.











