Rossiyalik fuqaro Novosibirsk şahridagi tinç joylardan birida, şahar tarixida ilk bor, kattalar uçun bolalar boğçasini oçdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Qizim jon-dili bilan boğçaga boradi. Kunlarning birida döstlarimiz bilan şu haqida gaplaşib qoldik. Biz özi qaçon baxtli bölganmiz? Bu ança oldin, bolalik paytlarimizda bölgan ekan. Şunda kattalar uçun bolalar boğçasi oçiş fikri tuğildi», — dedi loyiha muallifi Yevgeniy Pyatkovskiy.
Pyatkovskiyning ma'lum qilişiça, uşbu bolalar boğçasiga taşrif buyuruvçilarga sobiq ittifoq paytidagi singari an'anaviy taomlar beriladi. Şunga muvofiq katta “boğça bolalariga” tarbiyaçilar bilan maşğulotlar ötkaziş ham taklif etiladi. Ön kişidan iborat guruh a'zolari kuylaşlari, plastilindan narsalar yasaşi va ijodning boşqa turlari bilan şuğullanişlari mumkin böladi.
Aniqlik kiritilişiça, uşbu bolalar boğçasida bölişning bir kunlik haqi 3 ming rubl. Hozirça uşbu loyihaga 28 yoşdan 40 yoşgaça bölgan erkaklar va 23 yoşdan 30 yoşgaça bölgan ayollar qiziqiş bildirişgan.











