Bugun, 8 oktabrda Şveytsariyaning Tsyurix şahrida birinçi bionik Olimpiada boşlanadi.
Bionik Olimpiada – kibatlon tarixda birinçi marta ötkazilmoqda. Bu musobaqa yuqori texnologik yordamçi qurilmalardan foydalanuvçi nogiron odamlar uçun möljallangan xalqaro musobaqadir. 25 ta davlatdan 74 sportçi nogironlarga tölaqonli turmuş tarzi keçirişda yordam beruvçi bionik protezlar va kibernetik qurilmalarni boşqariş malakalarini körsatiş uçun Tsyurixga keldilar. Hammasi bölib ekzoskeletlar, neyrokontrollyorlar, qöl va oyoq protezlari, nogironlar elektr aravaçalari va yordamçi muşak stimulyatsiyasi qurilmalarini qöllagan holda 6 ta bellaşuv ötkaziladi. Har bir yönalişda ikkita mukofot böladi: biri ğolib sportçi uçun, biri esa u işlatgan qurilmani işlab çiqargan kompaniya uçun.
Bionik Olimpiada Swiss Arena stadionida bölib ötadi. Bu musobaqalarni ötkaziş taşabbusini Şveytsariya oliy texnika maktabi va Robototexnika tadqiqotlari sohasidagi milliy markazi professori Robert Riner bildirdi. Musobaqalar taşkiliy qömitasidan şifokorlar, robototexnika işlab çiqaruvçilari va aloqalar böyiça mutaxassislar joy olgan. Şuningdek, nogironlik, robototexnika, nogironlar uçun sport bellaşuvlari va musobaqalari böyiça mutaxassislar ham bor.
Olimpiadada Şveytsariyaga muxlislik qiliş uçun kamida 5 ming kişi kelişi kutilmoqda. Çiptalarni sotib olişga ulgurmaganlarga stadion yonida jonli translyatsiya taşkil etiladi.
Rinerning ma'lum qilişiça, kelgusida kibatlonni bunday yirik musobaqalar kabi har 4 yilda bir marta bir hafta davomida ötkaziş rejalaştirilmoqda. Şu bilan birga har yili kibatlonning ma'lum bir yönalişi böyiça kiçik musobaqalar yoki muayn davlatlar örtasida uçraşuvlar ötkazib boriladi.












