Şveytsariyaning Tsyurix va Jyeneva şaharlari yaşaş uçun dunyodagi eng qimmat şaharlar deb topildi. Bundan UBS AG banki tomonidan ötkazilgan Prices and Earnings (Narxlar va daromadlar) tadqiqoti ma'lumotlari darak bermoqda.
Reytingning yetakçi beştaligidan Oslo, Kopengagen va Nyu-York ham joy olgan. Röyxatga hammasi bölib 77 ta şahar kiritilgan.
Tadqiqotga köra, Tsyurixda turar-joy ijarasidan taşqari, minimal tovarlar va xizmatlar töplamini ta'minlaydigan har oylik daromad 4260 dollarni taşkil qiladi. Jyenevada bu körsatkiç 4165 dollar, Nyu-Yorkda esa 3673 dollarga teng.
Rossiyaning eng yirik şaharlari Moskva va Sankt-Peterburg 54- va 51-örinlarni egallagan. Rossiya poytaxtida bir oy yaşaş xarajatlari 2260 dollar, Peterburgda esa 2300 dollarni taşkil qiladi.
Reytingdan örin olgan eng arzon şahar Qohira bölgan, bu yerda bir oy yaşaş uçun 1272 dollar zarur böladi.
UBS ma'lumotlariga köra, örganilgan şaharlar içida eng qimmat ovqat Jyeneva va Tsyurixda, eng arzoni esa Kiyev va Lagosda ekanligi örnatilgan. Turar-joy ijarasi böyiça Honkong va Nyu-York (oyiga 4000 dollar) reytingning eng yuqori poğonalarini egallagan.
Bundan taşqari, tadqiqotçilar biror şaharda yaşovçi odam “Big-Mak” va iPhone sotib olişi uçun qança vaqt işlaşi kerakligini körsatuvçi “Big-Mak” va “iPhone” indekslarini ham taqdim qilişgan.
“Big-Mak indeksi”ga Honkong, Taybey va Tokio 12 daqiqa vaqt bilan yetakçilik qilmoqda, ya'ni bu şaharlarda yaşovçi odamlarga bir dona “Big-Mak” sotib oliş 12 daqiqa işlaş kerak böladi.
iPhone’ning oxirgi modelini sotib oliş uçun Moskvada yaşovçi odam kuniga 8 soatdan 7,5 hafta işlaşiga töğri kelar ekan. Bu boradagi yetakçi şaharlar esa Tsyurix (38,2 soat), Jyeneva (47,5 soat) va Nyu-York (54 soatdan köproq) böldi.












