Polşa Rossiyaning harbiy sohadagi harakatlaridan xavotirga tuşib, öz qurolli kuçlarini tayyor holatda uşlab turibdi. Bu haqda, mamlakat mudofaa vaziri Antoniy Maçereviç ma'lum qilgan. U «Iskander-M» majmualari va raketalarining Kaliningrad viloyatiga joylaştirilişi borasidagi savolga javob berar ekan, şunday fikrlarni bildirgan, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.

«Rossiyaning sönggi harakatlari jiddiy xavotirlarni keltirib çiqaradi. Biz hamma xabarga, xususan, Kaliningrad viloyatida maxsus texnik xususiyatli «Iskander» raketalari borligiga oid taxminlarni ham e'tiborsiz qoldirmayapmiz», — degan Maçereviç.

Polşa mudofaa vazirining ta'kidlaşiça, mamlakat qurolli kuçlari va ayğoqçilik tizimi Polşa xavfsizligini kafolatlaş uçun doimiy şay holatda turibdi. 

Kunning avvalida, AQŞ razvedkasi Rossiya Kaliningradda «Iskander-M» raketa majmualarini joylaştirgani xususida taxminlarini bildirgan edi.