Moskva birjasida dollar kursi 2015 yil oktabridan beri birinçi marta 62 rubldan pastroqqa tuşdi. Ma'lumotlarga köra, dollarga 61,98 rubl berilgan.   

Yevroning kursi esa 69,39 rublni taşkil qildi. Yevro, aksinça, avvalgi savdo sessiyasiga nisbatan 14 tiyinga qimmatlagan. 

Rossiya Markaziy banki dollar va yevroning 8 oktabrga kursini  62,3 va 69,23 rubl qilib belgiladi.

Rubl neft narxlarining özgarişi ortida dollarga nisbatan qimmatlaşmoqda. 7 oktabrda Brent markasidagi neftning bir barreli narxi 52,45 dollarni taşkil qilgan va 6 oktabrdagi narxdan 0,1 foizga arzonlaşgan. 7 oktabrdagi savdolar vaqtida neft narxi goh 52,8 dollargaça kötarilib, goh 51,9 dollargaça tuşib turdi.