Rossiyada dunyodagi eng arzon avtomobil – Hindistonda işlab çiqarilgan Bajaj Qute avtomobili savdosi boşlandi. Uning narxi bor-yöği 2 ming dollarni taşkil qiladi. Avtomobilni işlab çiqaruvçi Bajaj kompaniyasi avtomobilni kvadrosikllar sinfiga kiritadi.
Bajaj Qute kapoti ostida mototsikllarga möljallangan bir silindrli benzinda işlovçi, işçi hajmi 217 kub santimetr, 13 ot kuçiga ega dvigatel örnatilgan.
Dvigatel maşinani soatiga 70 km/soat tezlik bilan yurdira oladi.
Avtomobil Euro NCAP kraş-sinovidan öta olmagan va bor-yöği 10 ball yiqqan. Sinovda manekenning boşi va kökragi zarbadan keyin qizil hududda bölgan, bu esa maşina salonida bölgan odamning jiddiy yöl-transport hodisasida omon qolişiga deyarli imkon yöq deganini anglatadi.
Rossiyada maşinaning bazaviy versiyasi 330 ming rubldan, qöşimça optsiyalarga ega versiyasi 360 ming rubldan taklif qilinmoqda.


















