Amerika aktyori Tom Xenks insoniyat uçun eng xavfli bölgan tahdidni aytdi, deb xabar berdi The Guardian naşri. «Oskar» mukofoti laureati fikriga köra, bu keng tarqalgan ijtimoiy va siyosiy savodsizlik hisoblanadi. Bu haqida Xenks Den Braun romani asosida tasvirga olingan «Inferno» filmining Florentsiyadagi taqdimotida aytib ötdi.

«Savodsizlik — bu eng xavfli bölgan tahdidlardan biri, ya'ni qiyin masalalarni soddalaştirilgan çora-tadbirlar orqali hal etiş ğoyasi», — dedi aktyor. «Yaqin Şarqda nima sodir bölganligini, öylab köring. Yoki, biz amerikaliklar har tört yilda qabul qiladigan qarorlarimizni», — deb davom ettirdi Xenks.

Xenks saylovçilarni özi ustida işlab, «Inferno» filmidagi kabi voqealarning oldini oliş kerakligiga çaqirdi. Bundan taşqari, köpgina muammolar, şuningdek, «jirkanç» ekologiya va qullik insonlarning özi tomonidan yaratilgan, deb ta'kidladi aktyor.