AQŞda «Mettyu» dovuli oqibatida halok bölganlar soni 14 nafarga yetdi. Tabiiy ofat tufayli 2 milliondan ortiq kişi tahdid ostida qolgan.

Bundan oldingi xabarlarda qurbonlar soni 10 nafar ekani aytilgandi.

ABC News telekanalida xabar qilinişiça, Florida ştati hukumati yana 2 kişining ölimini tasdiqladi. Jorjiya va Janubiy Karolina ştatlarida ham bir nafardan kişi dovul qurboniga aylangan.

Şuningdek, Janubiy Karolinada 670 716, Şimoliy Karolinada — 768 856, Floridada esa 561 862 bino elektr ta'minotidan uzilib qolgan.

Bundan oldingi xabarlarda ötgan haftada Gaitiga yopirilgan «Mettyu» dovuli 900dan ortiq kişini yostiğini quritgani ma'lum qilingandi.