12:03 / 10.10.2016
9325

FIFA eksperti yashil kartochkaga qarshi fikr bildirdi

Foto: eurosport.ru

FIFA va UYeFA hakamlik inspektori Natan Bartfeld futbolda halol o‘yin ta'minlanishi uchun yashil kartochka ko‘rsatish shart emasligini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bergan

Uning ta'kidlashicha, maydonda hamma o‘zini yashil kartochkalarsiz ham halol tutishi kerak, fair play uchun yashil kartochkaning kiritilishi esa "naftalin bilan anqimoqda". 

"Bizning hayotda shunday o‘rnatilganki, hamma halol bo‘lishi kerak. Agar biz boshqacha yo‘l tutsak, qonunni buzsak, sud oldida javob beramiz. Bir necha kishi yashil kartochka muvaffaqiyatsizlikka uchrashini aytishi mumkin. Bu naftalin bilan anqimoqda. Men bu kartochkani oladiganlargina emas, barcha halol bo‘lishi kerakligini nazarda tutmoqdaman", degan u.

Ekspertning fikricha, o‘yinlarning tomoshabopligini futbolchi sariq kartochka olgandan keyin uni ma'lum vaqtga maydondan chiqarish yo‘li bilan oshirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik Kristian Galano tarixda halol o‘yin qoidalariga amal qilgani uchun yashil kartochka olgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Halol o‘yin uchun ushbu kartochka Italiyaning ikkinchi divizionida tajriba sifatida kiritildi.

Mavsum oxirida eng ko‘p yashil kartochka to‘plagan futbolchi maxsus mukofot bilan taqdirlanadi.

Mavzuga oid
Top