Özbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida Özbekiston Prezidenti saylovini ötkazuvçi 44ta saylov uçastkasi tuzildi. Ularning barçasi Özbekiston Prezidenti saylovini ötkazuvçi 14-Toşkent şahar saylov okrugiga biriktirilgan.

Markaziy saylov komissiyasi qaroriga köra, Özbekiston fuqarolariga yanada qulaylik yaratiş maqsadida xorijiy davlatlarning boşqa şaharlarida ham yangi saylov uçastkalari taşkil etilişi mumkin. Mazkur masala Taşqi işlar hamda Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklari tomonidan örganib çiqilmoqda.

Saylov jarayonida 28 davlatda bittadan, 8 mamlakatda (Afğoniston, Germaniya, Xitoy, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQŞ va Turkiya) ikkitadan saylov uçastkasi faoliyat körsatadi.

Xorijiy davlatlardagi saylov uçastkalari:
1. Abu-Dabi şahri (BAA)
2. Anqara (Turkiya)
3. Afina (Gretsiya)
4. Aşxobod (Turkmaniston)
5. Boku (Ozarboyjon)
6. Bangkok (Tailand)
7. Berlin (Germaniya)
8. Bişkek (Qirğiziston)
9. Bryussel (Belgiya)
10. Varşava (Polşa)
11. Vaşington (AQŞ)
12. Vena (Avstriya)
13. Nyu-Dehli (Hindiston)
14. Dubay (BAA)
15. Duşanbe (Tojikiston)
16. Jakarta (Indoneziya)
17. Jyeneva (Şveytsariya)
18. Jidda (Saudiya Arabistoni)
19. Islomobod (Pokiston)
20. Istanbul (Turkiya)
21. Kiyev (Ukraina)
22. Kuala-Lumpur (Malayziya)
23. London (Buyuk Britaniya)
24. Madrid (Ispaniya)
25. Mozori-Şarif (Afğoniston)
26. Moskva (Rossiya)
27. Novosibirsk (Rossiya)