Facebook kompaniyasi özining korporativ Facebook at Work messenjerini rasman işga tuşirişni maqsad qilgan, deb yozadi The Wall Street Journal.

Mazkur yangi messenjerdan bitta kompaniya vakillari foydalanişi mumkin.

Facebook yangi dasturni qariyb ikki yil sinovdan ötkazdi va işlab çiqariş, jumladan, dasturdan foydalaniş uçun har bir xodimga qança miqdorda pul ketişi haqida köproq ma'lumot beriş niyatida. 

Naşrning qayd etişiça, Facebook – bu sohada «yangilik» bölişiga qaramay, yangi messenjer korporativ muloqotdagi an'anaviy dasturlar uçun jiddiy tahdid bölişi mumkin.  Sababi, köplab işçilar allaqaçon maşhur ijtimoiy tarmoqning veb-sayti va uning mobil ilovasidan foydalanadi.

2015 yil yanvar oyidan  Facebook at Work loyihasi testdan ötkazilganida uni yuzlab kompaniyalar, jumladan,  Şotlandiya qirollik banki sinovdan ötkazgan edi.