Kanadadagi kollejlardan birida biologiya fanidan ötgan  imtihonlarda talaba qizdan hijobini yeçiş söraldi. Buning boisi qizning imtihon vaqtida quloqçinlardan foydalanayotgan yoki yöqligini biliş bilan izohlangan. Talaba pedagogning iltimosini bajarişdan boş tortgan va imtihondan haydalgan. Bu haqida The Independent naşri ma'lum qildi. 

— U öqituvçiga quloqlarini körsatişdan boş tortdi, - deydi qiz tahsil oluvçi College de Maisonneuve kolleji vakili Lin Legar. 

Legarning sözlariga köra, qiz pedagogning iltimosiga javoban hijobning ustidan uning boşini uşlab, quloqçinlar bor yo yöqligini tekşirib körişni taklif qilgan. Biroq (erkak) pedagogni bunday variant qoniqtirmagan va u talaba qizdan imtihonni tark etişni söragan. 

Talaba qizning özi bu borada rasman şikoyat qilmagan, lekin kollej rahbariyati biologiya fani böyiça test sinovlarini boşqa kunga köçirişga kelişişmoqda. 

Kvebek boş vaziri Filipp Kuyyar öqituvçini himoya qildi. U hukumat diniy qaraşlar namoyişini boşqarişga doir qonun loyihasini ilgari surgani, şu bois römol öraş kabi diniy masalalar muhokamaga qöyilişini ma'lum qildi. 

Kanadaning Kvabek provinsiyasi aholisi uçun musulmonlarning boş kiyimi ançadan beri jiddiy muammoga aylangan -  manbaga köra, kvabekliklar terrorçilik tahdidi va yoşlarning radikallaşuvidan xavfsiraşmoqda.