"Prezident yakkalanib qolgani yöq. Biz ötgan hafta, Fransiyadagi qator naşrlarining Putin bu holatga barham beriş uçun taşrif buyurişni iltimos qilayotgani haqida yozganiga guvoh böldik. Bularning barçasi bema'nilik. Prezidentning öta tiğiz kun tartibi buning aksini isbotlaydi", — degan Peskov.
"Rossiya va prezidenti bu ma'noda bironta muammoga duç kelayotgani yöq. Avval boşdanoq, Putin Olland bilan muloqotlarida özining Parijga safari Olland uçun qulay vaqtda bölişini ta'kidlab kelgan. Agar bu vaqt unçalik ham mos bölmasa, unda özaro kelişilgan tarzda boşqa vaqt tayinlanadi", — deb qöşimça qilgan Kreml rasmiy vakili.
Avvalroq, Reyter agentligi Fransiya yetakçisi Fransua Olland ma'muriyatiga tayangan holda, rasmiy Moskva prezident Vladimir Putinning taşrifini boşqa vaqtga köçirgani töğrisida xabar qilgan edi.

















