E5 guruhiga kiruvçi beş davlat mudofaa vazirlari 26-oktabrda Parijda uçraşdi. Yakunda qabul qilingan qöşma bayonotda Yevropa öz xavfsizligi uçun köproq masʼuliyatni zimmasiga olişi zarurligi taʼkidlangan.
Hujjatga köra, bu, avvalo, NATO doirasida yevropalik ittifoqçilarning rolini kengaytirişdan boşlanişi kerak. Ayni paytda AQŞ E5 davlatlari uçun örnini bosib bölmaydigan ittifoqçi bölib qolişi qayd etilgan.
Ukraina uçun «qişki yordam paketlari»
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius uçraşuvdan söng Ukraina uçun «qişki yordam paketlari» tayyorlanganini maʼlum qildi.
Uning sözlariga köra, E5 davlatlari AQŞning Ukrainaga taʼminot, ayniqsa, razvedka va sunʼiy yöldoş maʼlumotlari bilan kömaklaşişda davom etişi uçun barça imkoniyatlarni işga soladi.
Pistorius beş davlat vakillari Ukraina bilan birgalikda Patriot komplekslari va boşqa mavjud tizimlarga qöşimça ravişda işlaydigan havo hujumidan mudofaa tizimini yaratiş ustida işlayotganini ham aytgan.
NATO boş kotibi örinbosari Radmila Şekerinskaya hamkorlarni Kievga yordamni hoziroq kuçaytirişga çaqirgan. U Rossiya hujumlari bosimi deyarli har keça Ukraina şaharlarida sezilayotganini taʼkidlagan.
«Ukrainaning mudofaa qobiliyati umumiy xavfsizlik uçun muhim»
Qöşma bayonotda Ukrainaga kömakni davom ettirişga sodiqlik yana bir bor tasdiqlangan. Vazirlar Ukrainaning hozir va kelajakda özini himoya qila olişi jamoaviy Yevroatlantika xavfsizligi uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini bildirgan.
E5 davlatlari Kievning işonçli xavfsizlik kafolatlariga asoslangan mustahkam tinçlikka erişiş intilişini qöllab-quvvatlaşini, buning uçun siyosiy, harbiy va moliyaviy yordam zarurligini qayd etgan.
Ukrainaga qiş arafasida kömak beriş masalasi 15–16-oktabr kunlari Bryusselda ötgan Yevropa Ittifoqi sammitida ham asosiy mavzulardan biri bölgan.
Öşanda Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainaga qişdan çiqiş va keyingi yilga tayyorlanişda yordam beriş uçun moliyaviy kömakni oşirişga çaqirgan. Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Ukrainaning 2026-yilgi moliyaviy ehtiyojlari qoplanganini bildirgan, Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koşta esa 2027-yil uçun mablağ ajratiş böyiça aniq taklif kutayotganini aytgan.

















