RBK xabariga köra, gap «Lyapunov», «Galuşkin» va «Çervonenkis» kompyuterlari haqida bormoqda. «Yandeks» kompaniyasining taʼkidlaşiça, Maʼlumotlarni qayta işlaş markazlariga (TSOD) uyuştirilgan dron hujumlari davomida ularga zarar yetmagan.

Endi ular maʼlumotlar markazlaridan olib çiqilgan va yangi manzillarda örnatilmoqda:

«Ular şu paytgaça turgan joylaridan olib çiqildi va hozir yangi hisoblaş maydonçalarida işga tuşirilmoqda. Superkompyuterlardan avvalgidek «Yandeks» xizmatlari uçun infratuzilma sifatida hamda fundamental til modellarini öqitişda foydalaniş davom ettiriladi», - deb maʼlum qildi kompaniya.

«Yandeks» maʼlumotlar markazlari joriy oktabr oyida uç marta dronlar hujumiga uçradi: zarbalar Ryazan viloyatining Sasovo şahri, şuningdek, Kaluga va Vladimirdagi TSOD obyektlariga töğri keldi. Hujumlar nafaqat kompaniyaning bulutli xizmatlari, balki boşqa tizimlar, jumladan, davlat tizimlari faoliyatiga ham taʼsir körsatdi. Bundan taşqari, kompaniyaning Özbekistondagi servislarida ham uzilişlar kuzatilgan edi.