Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yilda Germaniyaga kelayotgan qochqinlar sonini jiddiy kamaytirishga muvaffaq bo‘lindi
Foto: buzzfeed.com
2016 yilda 600 mingdan ziyod kishi rasman boshpana so‘rab Germaniyaga murojaat qilgan. Bu haqida mamlakat ichki ishlar vaziri Tomas de Mezer bergan ma'lumotga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
"2016 yilda Germaniyaga kelayotgan qochqinlar sonini jiddiy kamaytirishga hamda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini tartibga keltirishga muvaffaq bo‘lindi... 30 sentabr holatiga ko‘ra, boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni 657 ming kishini tashkil qilgan", - dedi vazir chorshanba kuni jurnalistlarga. De Mezer bu ma'lumotlar Berlin tomonidan ko‘rilgan choralarning samaradorligidan dalolat berishini ta'kidladi.
Bugungi kunda Yevropa Ikkinchi jahon urushidan buyon eng yirik migratsion inqirozni boshdan kechirmoqda. Bu birinchi navbatda dunyo sahnidagi bir qator qurolli mojarolar va Yaqin Sharq hamda Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi iqtisodiy muammolar natijasida yuzaga kelgan. YeIning Frontex chegara agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda Yevroittifoq 1,8 million muhojirni qabul qilgan. 2015 yil yakunlari GFR qochqinlarining umumiy soni 890 ming kishidan iborat ekanligini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
08:50 / 15.04.2026
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
10:13 / 08.04.2026