Turk harbiylari Iroq şimolidagi lagerda qança kerak bölsa, şunça qoladigan bölişdi. Bu haqida Turkiya boş vazir örinbosari Nö'mon Kurtulmuş ma'lum qildi.
Iroq parlamenti bundan avval turk harbiylarining Mösul ostidagi Başik tumanida qolişiga qarşi noroziligi ifodalangan rezolyutsiyani qabul qilgandi. Parlamentariylar Iroq hukumatidan zarur yuridik va diplomatik çoralar körişni talab qilişdi, ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy munosabatlarning qayta körib çiqilişi ham şular jumlasiga kiradi.
Turkiya TIV bu rezolyutsiyani qoraladi. Boş vazir Binali Yildirim turk harbiylarining Iroq şimolidagi Başik lagerida qolişini ma'lum qildi. Öz navbatida, Iroq boş vaziri Haydar al-Abadiy turk harbiylari uning mamlakatida özlarini "uydagi kabi" tutmasliklari kerakligini ta'kidladi.
"Turk harbiy instruktorlari Iroq şimolidagi Başik lagerida qonunga muvofiq joylaştirilgan. "Turkiya yordamiga ehtiyoj bor ekan, harbiylarimiz öşa yerda bölib turişadi... Ular Başikda IŞID bilan kuraşiş hamda Mösul aholisini qöllab-quvvatlaş maqsadida faoliyat olib borişmoqda", - dedi Kurtulmuş Anadolu naşriga bergan intervyusida.
Uning sözlariga köra, Mösulni IŞIDdan ozod qiliş masalasi bir neça yillar avvaloq dolzarb bölişi kerak edi.
"Mösulni ozod qilişga doir çaqiriqlarning aynan bugun jaranglayotgani bizda muayyan mulohazalarni keltirib çiqaradi. Hoynahoy, Iroq boş vaziriga xorijdan ta'sir ötkazilyapti", - dedi Turkiya boş vazir örinbosari.
U Iroq hukumatini "bir terrorçi guruh bilan kuraşda ikkinçisidan foydalanib, xato qilmaslik"ka çaqirdi.
Kattaligi böyiça Iroqda ikkinçi örinda turuvçi Mösul şahri 2014 yilda terrorçilar tomonidan qölga olingan va u hozirga qadar ularning tayanç markazi bölib qolmoqda. Iroq harbiylari va ularning ittifoqdoşlari hal qiluvçi hujumga tayyorgarlik körişda davom etişmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bundan avval Mösulni IŞIDdan ozod qiliş operatsiyasining 19 oktabrga rejalaştirilgani haqida ma'lum qilgandi.












