Bugun Eron terma jamoasi Tehronda JÇ-2018 saralaş bosqiçi doirasida Janubiy Koreyani qabul qiladi.

Bu uçraşuv musulmonlarning Aşuro bayramiga töğri kelmoqda. Şu tufayli stadiondagi muxlislar özlarini diniy bayramga munosib tutişadi.

Şu kuni şialar imom Husaynning halokatga uçraganini xotirlaşadi va motam ötkaziladi.

«Stadiondagi muhit Aşuro kuniga 100 foiz darajada mos bölişi kerak. Stadion qora rang bilan qoplanadi. Olomon bir bölib «Ya Husseyn» hayqiriğini aytib turadi», – degan oyatulloh Ali Moxavedi Kermoniy.

75 ming kişilik «Ozodiy» stadioniga 2ta ulkan qora bayroq örnatiladi. Har biri 600 kv metrlik hajmidagi bu bayroqlarga Husayn nomi bitilgan.

Janubiy Koreyalik futbolçilar va jurnalistlar mezbonlarni hurmat qilgan holda qora boğiçlarda maydonga tuşişga rozi bölişgan.

Manba — Tribuna.uz