Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Facebook ijtimoiy tarmog‘iga ruxsat berish uchun o‘z shartini ilgari surdi
XXR hukumati mamlakat hududidan Facebook tarmog‘iga ulanish imkonini berishga tayyor. Buning uchun, ijtimoiy tarmoq rahbariyati mamlakat qonunchiligiga rioya qilishi kerak. Xitoy internet ishlari bo‘yicha devoni rahbari o‘rinbosari Jen Syanlyan maxsus matbuot anjumanida shunday bayonot bergan.
"Xitoyning internetni rivojlantirishdagi siyosati ochiqligicha qolmoqda", -deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Jenmin jibao" nashrining elektron soni. U Facebook va Google qidiruv xizmatidan foydalanish xizmati kelajakda tiklanishi mumkinmi?, degan savolga shunday javob bergan.
Amerika ijtimoiy tarmog‘i ko‘p bora Xitoy internet hududiga qiziqish bildirgan edi. Dunyoning aholi soni bo‘yicha eng yirik davlatida (1 mlrd 375 mlnga yaqin) joriy yil birinchi yarim yilligida 710 mln kishi internetning faol foydalanuvchisi bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:17 / 07.06.2026
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
08:04 / 06.06.2026
Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
08:35 / 05.06.2026
O‘zbekistonda Xitoyning yangi internet provayder zonalari paydo bo‘ladi
08:22 / 05.06.2026