Taniqli amerikalik videobloger Grant Tompson YouTube’dagi kanalida örmonda gugurt va yondirgiçga ega bölmay turib, faqatgina suv solingan sellofan paket yordamida qanday qilib olov yoqiş mumkinligi körsatdi.

Tompson tajriba davomida oddiy sellofan paketga oqar suvdan solib, undan öziga xos kattalaştiruvçi oyna yasagan. Videoda Tompson bu moslamasi yordamida quyoş nurlarini quruq daraxt pöstloğiga mujassamlaştirib, uni tutatadi. Şundan keyin videobloger tutayotgan pöstloqni quruq öt ğujumiga yoyib çiqadi. U ikki daqiqa davomida ğujumga puflab, ötni alanga oldirib, gulxan yoqişga muvaffaq böladi. 

Xuddi şunga öxşaş olov yoqiş usulini yozuvçi Jyul Vernning "Sirli orol" romanida muhandis Sayrus Smit qöllagan. Romanda havo şarida falokatga uçrab va olov yoqiş uçun heç qanday moslama yoki vositasiz kimsasiz orolga tuşib qolgan mustamlakaçilar gulxan yoqiş uçun öz soatlaridan oynalarini çiqarib olib, ularni bir-biriga ulab, hosil bölgan böşliqqa suv quyib, şu tariqa kattalaştiruvçi oyna yasaşadi.

Grant Tompson özini "Tasodiflar qiroli" deb ataydi va öz videoblogida köplab layfxaklar (biror yumuşni osonlaştiruvçi yöli) haqida sözlab beradi va turli qiziqarli tajribalar amalga oşiradi.