Grozniydagi «Axmat» jangovar klubi matbuot xizmati rahbari Adam Axmadov rossiyalik qoidasiz jang ustasi Fedor Yemelyanenkoning qiziga hujum qilingani töğrisidagi OAVda paydo bölgan xabarlarga munosabat bildirdi. Uning sözlarini «Govorit Moskva» radiosi keltirgan.

«Çeçenlardan birontasi bu işni qilgan deb öylamayman. Tortişuv allaqaçon barham topdi va hozirda, tarmoqda vaziyatni keskinlaştirişga uriniş közga taşlanayapti. Öylaymanki, bu fitnadir. Biron erkak, biron çeçen, işoning, umrida heç qaçon bolaga qöl kötarmaydi», — degan Axmadov.

Uning fikriça, bugungi kunda köpçilikka «hozir Çeçenistonda hammasi yaxşi ekani» yoqmaydi. 

Avvalroq, Yemelyanenkoning murabbiyi Vladimir Voronovning ma'lum qilganidek, sportçi qizini noma'lum kimsalar urgani töğrisidagi xabarlarga qaramay, Eski Oskolda maşğulotlarni davom ettirmoqda. OAV xabarlariga köra, Yemelyanenkoning 16 yoşli qiziga hujum uyuştirilgani böyiça jinoiy iş qözğatilgan. Dastlab, «Moskovskiy komsomolets» gazetasi sportçining 9 yoşli qizini noma'lum kimsa köçada urgani va qoçib ketgani haqida yozgan edi. 

6 oktabr kuni Yemelyanenko Grozniyda ötkazilgan aralaş yakkakuraşlar (MMA) qoidalari böyiça Ramzon Qodirov farzandlari iştirokida bölib ötgan janglarni tanqid qilgan edi. Fyodorning fikriça, 12 yoşga yetmagan bolalar himoya moslamalarisiz ringga kötarilgan. Bunga javoban, çeçen mulozimlari va sportçilari Yemelyanenko bilan dahanaki jang qilişdi. Qodirov öz tarafdorlarini tortişuvni bas qilişga çaqirgaç, voqea barham topgan edi.