"Real" himoyachisi Pepe jamoa bilan shartnomasini 2018 yilga qadar uzaytirdi, deb yozmoqda Tribuna.uz sayti.

Portugaliyalik himoyachining klub bilan shartnomasi mavsum yakunida poyoniga yetar edi. Shundan keyin u jamoani erkin agent sifatida tark etishi kutilayotgandi. Biroq "Real" rahbariyati Pepeni jamoada olib qolishga qaror qildi.

Avvalroq himoyachi xizmatiga "Milan" jamoasidan qiziqish bildirilayotgandi.