Prezident Şavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni agrar sohada subsidiyalarni ajratiş va suğurtalaş tizimlarini takomillaştiriş yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Sönggi yillarda qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş kölami kengayib, subsidiyalarni ajratiş jarayonlari bosqiçma-bosqiç raqamlaştirilmoqda. Joriy yilda sohadagi subsidiyalar soni 29 ta yönaliş va 91 ta turga yetkazilib, bu maqsadlarga 2,7 trillion söm mablağ közda tutilgan. Qator yönalişlarda arizalar proaktiv şakllantirilib, tölov muddatlari sezilarli qisqartirildi.
Taqdimotda endi subsidiyalarni şunçaki xarajatni qoplaşga emas, balki aniq natijaga boğlaş zarurligi taʼkidlandi. Kelgusi yildan “mablağ ajratiş” modelidan “natijaviy subsidiya” modeliga bosqiçma-bosqiç ötiş taklif qilindi.
Yangi tizimda hosildorlik, suv hamda energiya tejamkorligi, sarflangan resurslar evaziga olingan mahsulot hajmi asosiy mezon böladi. Barça maʼlumotlar tegişli davlat organlari va taşkilotlarining axborot tizimlaridan inson omilisiz olinadi. Har bir subsidiya oluvçining elektron pasporti şakllantirilib, natijalar onlayn kuzatib boriladi.
Dastlab uşbu mexanizm suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş yönalişida sinovdan ötkaziladi. Subsidiya ajratilgandan keyin ikki-uç yil davomida suv sarfi, hosildorlik va suv unumdorligi baholanadi. Belgilangan körsatkiçlar bajarilmasa, subsidiya mablağini qaytariş mexanizmi qöllaniladi. Bu davlat mablağlarining manzilli va samarali sarflanişini taʼminlaydi.
Taqdimotda qişloq xöjaligi suğurtasi tizimini takomillaştiriş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bugungi kunda “Agrosafe” axborot tizimi orqali elektron ariza berişdan tortib, şartnoma va polisni rasmiylaştiriş, monitoring, ekspertiza hamda tovon pulini tölaşgaça bölgan jarayonlar raqamlaştirilgan.
Suğurta qamrovini kengaytirib, boğ va uzumzorlardagi köçat va daraxtlar, import qilingan çorva hamda tasodifiy hodisalar bilan boğliq xavflarni ham suğurtalaş rejalaştirilgan. Şuningdek, çorvaçilik, polizçilik, kartoşka va piyoz yetiştiriş uçun yangi suğurta mahsulotlari joriy etiladi.
2027-yilda 45 mingta qişloq xöjaligi korxonasini suğurta bilan qamrab oliş, qişloq xöjaligi mahsulotlarining suğurta qamrovini 60 foizga yetkaziş, 500 nafar mustaqil ekspert tayyorlaş hamda suğurta xizmatlarini töliq raqamlaştiriş maqsad qilingan.
Yangi yondaşuvda zarar oqibatlarini qoplaş bilan birga xavflarning oldini olişga ham ustuvor ahamiyat beriladi. Suğurta mukofotining 3-5 foizini maxsus jamğarmada şakllantirib, çorvaçilikda vaksinatsiya, profilaktika va veterinariya xizmatlariga, paxta va ğallaçilikda biologik himoya tadbirlariga, boğdorçilik va uzumçilikda esa tabiiy ofatlardan himoya vositalarini örnatişga yönaltiriş taklif qilindi.

















