Sport | 09:00 / 05.07.2017
15666
1 daqiqa o‘qiladi

«PSJ»ga o‘tish arafasida bo‘lgan Pepe kutilmaganda boshqa jamoa bilan shartnoma imzoladi

«Real»ning sobiq himoyachisi Pepe faoliyatini Turkiyada davom ettiradi. «Beshiktosh» klubining rasmiy tvitteri 34 yoshli portugaliyalik futbolchi klub futbolkasini kiygan holda Istanbulda shartnomaga imzo chekayotgani tasvirlangan suratni joylashtirdi.

Futbolchi va Madrid klubi shartnomasi shu yil yoziga qadar edi va u erkin agent sifatida jamoani tark etdi.

Avvaliga Pepe «PSJ»ga o‘tishi kutilgandi, ammo tomonlar kelishuvga erisha olmagan (Parij jamoasi bir yillik shartnoma taklif qilgan, futbolchi ko‘proq muddatli shartnoma so‘ragan) va transfer amalga oshmagandi.

Pepe «Real»da 2007 yildan buyon to‘p surib keladi va jamoa uchun 334 o‘yin o‘tkazgan. U madridliklar jamoasi bilan 10 mavsumda  13 sovrin qo‘lga kiritgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid