Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakaşvili mintaqada yuz bergan kuçli dovul sababli favqulodda holat joriy qildi. U bu haqda 13 oktabr kuni Facebook tarmoğidagi sahifasida yozgan.

«Daraxtlar va elektr uzatiş ustunlarining qulaşi 3 kişining hayotiga zomin bölgan. ularning biri 11 yoşli boladir. 100dan ortiq aholi punkti elektr quvvatidan mahrum bölgan. Viloyat ma'muriyatida favqulodda holat ştabi faoliyat yuritmoqda», — deb yozgan Saakaşvili.

U şuningdek, fuqarolarni şamol kuçi susaymagunça uydan çiqmay turişga çaqirgan.

12 oktabr kuni Odessaga  kuçli dovul yopirilgani xabar qilinmoqda.