Venesuelada mamlakat prezidenti Nikolas Maduro tarafdorlari va muxolifat vakillari özaro töqnaşişi oqibatida bir neça kişi jarohat oldi. Muxolifat vakillari bölgan minglab kişilar prezidentning muddatidan oldin vakolatlarini topşirişi böyiça referendum ötkazilişi talab qilib, namoyişga çiqqanida prezident tarafdorlari ularni qarşi olgan.
Maduro siyosatiga qarşi kişilar Villa Roza şahri köçalaridan ötişayotganida Maduro tarafdorlari ularga taşlangan.
Namoyişlar Maduroning iste'fosi böyiça referendum uçun imzolar töplanişi boşlanişi arafasida bölib ötdi. Şartga köra, referendum ötkazilişi uçun 23 viloyatning har birida saylaş huquqiga ega qatlamning kamida 20 foizi referendum ötkazilişi uçun ovoz berişi kerak. Imzolar töplanişi jarayoni 26-28 oktabr kunlari bölib ötişi kutilmoqda.













