2016 yilning ötgan 9 oyi mobaynida Özbekistonning yangi qişloq massivlarida zamonaviy namunaviy loyihalar böyiça 12 mingtadan ortiq şinam va qulay şaxsiy uy-joy foydalanişga topşirildi. Bu haqda 13 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlarini, 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yönalişlari va ustuvor vazifalarini amalga oşiriş natijadorligini muhokama qilişga bağişlangan majlisida ma'lumot berildi.

Aholining daromadlari, turmuş darajasi va sifatini uzluksiz oşiriş yönalişi davom ettirildi. Ötgan 9 oyda örtaça oylik iş haqi 12,6 foizga oşgan, joriy yil 1 oktabrdan esa byudjyet sohasi xodimlarining iş haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar yana 15 foizga oşirildi. Yangi qişloq massivlarida zamonaviy namunaviy loyihalar böyiça 12 mingtadan ortiq şinam va qulay şaxsiy uy-joy foydalanişga topşirildi.

Bundan taşqari, «Soğlom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida oila, onalik va bolalikni muhofaza qiliş tizimini takomillaştiriş, soğlom va barkamol avlodni tarbiyalaş, soğliqni saqlaş tizimi moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlaş tadbirlarini amalga oşiriş davom ettirilmoqda. Uşbu maqsadlar uçun barça manbalar hisobidan 6,8 trillion sömdan ortiq va 150 million AQŞ dollari miqdoridagi mablağlar yönaltirildi.