Kun.uz aholi murojaati asosida masalani joyiga borib örgandi. Ma'lum bölişiça, uylar hududdagi fermer xöjalik ekin yerlariga tutaş bölgan maydonda qurilgan. Atrofda drenaj zovur yöqligi bois, yer osti suvlari kötarilgan. Bu holat esa namunali uylarda yaşovçilar uçun köplab muammolarni yuzaga keltirmoqda.

«Bu uylarda yaşaşning iloji yöq. Uyimiz böla turib, 800 ming sömga şaharda ijarada turibmiz. Çunki uyimizning içidan suv çiqadi. Har oy kanalizatsiyasidan suv oldiramiz. Bu muammo böyiça bir neça marta tuman va viloyat hokimligiga murojaat qildik. Hokimiyatdagilar aybni «Qişloqqurilişinvest»ga tönkaşadi. «Qişloqqurilişinvest»ga borsak, ular «hokimiyat qayerdan yer bergan bölsa, öşa yerga qurganmiz», deyişadi.

Heç kim eşitişni istamaydi. Fermer yerining şörini yuvdi yoki ekinlarini suğordi, degunça uyimizdan suv çiqib ketadi. Bu uyga yetiş uçun neça yil orzu-havas qilgandik», — deydi fuqaro Zarifa Rajabova.

Ma'lum bölişiça, odamlar har oyda 70-80 ming söm tölab, kanalizatsiya quduqlariga yiğilib qolgan suvni torttirişga majbur bölmoqda. Qolaversa, yuzaga çiqayotgan şör uylarning sifatiga jiddiy ta'sir qilyapti. Poydevorlar nurab, devorlarning fasad qismi tökilib bormoqda.

Şuningdek, fuqarolarning ta'kidlaşiça, avvaliga massiv loyihasida bolalar maydonçasi ham nazarda tutilgan. Bu uçun alohida maydon ham ajratilgan. Biroq, negadir keyinçalik bolalar maydonçasi qurilmagan. Ajratilgan maydon esa yantoqzorga aylangan.


«Bolalar köçada, yöl ustida öynaşadi. Hokimlikka öyingoh masalasini ham köp bor aytdik. «Ariza bilan murojaat qilinglar», deyişdi, arizalar yozdik. Lekin masalamiz hal bölmadi. Otangga bor, onangga bor, qabilida munosabat qilişadi. Heç qanday natija yöq», — deydi Madina Toşeva.










