Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov videomurojaat bilan çiqdi, unda u Black Star leybli asosçisi Timati va MMA jangçisi Habib Nurmagomedov örtasidagi mojaroga izoh berdi. Videoyozuv Timatining instagramida e'lon qilingan.
Yozuvda Qodirov «bema'nilik bilan şuğullanmaslikka» çaqirgan hamda birodar doğistonliklar bir-birini xafa qilmasligi kerakligini eslatib ötgan.
«Biz özimizda tartib örnatamiz - terrorçilar ham, gastrolçilar ham, boşqasi ham kelmaydi. Bizga mehmonlarning taşrif buyurişi muhim, Kavkazni, turizmni rivojlantirişimiz kerak. Şuning uçun, kelinglar, döst bölib yaşaymiz», - deya ma'lum qildi Qodirov.
Şuningdek, Qodirovning qöşimça qilişiça, «Habib vaznini yöqotmoqda, u asabiylaşmoqda. Şuning uçun uni tuşunsa böladi». Videoga «Kim tuşunmagan bölsa, öşa tuşunadi» yozuvi ham qöşimça qilingan.












