Ukraina Xavfsizlik xizmati rossiyalik reper Timati (haqiqiy ismi – Timur Yunusov)ni qidiruvga berdi. Bu haqdagi ma’lumot Ukraina Içki işlar vazirligining qidiruvda bölganlar röyxati ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi. Musiqaçi 1 iyuldan beri qidiruvda. Rossiya OAV buni endigina aniqladi. Avvalroq Timatining qidiruvga berilgani haqida xabarlar e’lon qilinmagan.
Iyun oyida SBU Timatini Ukrainaning vaqtinça bosib olingan hududlariga kiriş qoidalarini bir neça bor buzganlikda sirtdan aybladi. Tergov ma’lumotlariga köra, rossiyalik reper Qrimdagi konsertlarda kamida yetti marta qatnaşgan, uni Rossiya 2014 yilda öz tarkibiga qöşib olgan.
SBU bayonotida ta’kidlanişiça, Timati «Rossiya taşviqoti iştirokçilaridan biri» va 2012, 2018 va 2024 yillardagi prezidentlik saylovlarida Vladimir Putinning işonçli vakili bölgan.
Bundan taşqari, Timati Rossiya agressiyasi, Ukrainaning mustaqillik, suverenitet va hududiy yaxlitlikka bölgan asosiy huquqlari buzilişini qöllab-quvvatladi, deyiladi SBU xabarida.












