Isroilning YuNeSKO işlari böyiça komissiyasi Isroil rahbariyati tomonidan yahudiy xalqining Quddus va uning muqaddas joylari bilan aloqasi borligining inkor etilişi sifatida qabul qilingan rezolyutsiyaga norozilik sifatida YuNeSKO bilan hamkorlikni töxtatdi. Bu haqda komissiya boşliği, Isroil ta'lim vaziri Naftali Bennett ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
13 oktabrda YuNeSKOning ijroçi kengaşi tasdiqlagan rezolyutsiyada Isroilning musulmonlar uçun muqaddas hisoblangan Al-Aqso (Al-Xaram aş-Şarif) masjidiga erkin kirişiga tösqinlik qiluvçi tajovuzkor harakatlari va noqonuniy çoralari" tanqid qilingan. Şu bilan birga rezolyutsiya matnida uşbu masjidning yahudiyça nomi – Ibodatxona toği va uning yahudiy udumlaridagi ahamiyati aytib ötilmagan.
"YuNeSKO a'zolarining tarix va yahudiy xalqining Quddus va Ibodatxona toği bilan ming yillik aloqasini inkor qiluvçi şarmandali qaroridan keyin men Isroilning YuNeSKO işlari böyiça milliy komissiyasiga bu xalqaro taşkilot bilan barça professional faoliyatni töxtatişga körsatma berdim", deb aytildi Bennetning YuNeSKO boş direktori Irina Bokova nomiga yöllagan maktubida.
Ta'kidlanişiça, YuNeSKO tomonidan sanab ötilgan Quddusdagi masjidlar qadimda vayron qilingan yahudiy ibodatxonalari vayronalarida qurilgan. Quddus – nasroniylar, musulmonlar va yahudiylar uçun muqaddas şahar hisoblanadi. Ibodatxona toği Quddusning eski şaharida joylaşgan.
Rezolyutsiyani YuNeSKOning 24 a'zosi qöllab-quvvatlagan, unga 6 a'zosi qarşi çiqqan va 26 a'zosi betaraflik bildirgan.
YuNeSKO ijroiya qömitasi rezolyutsiya matnini keyingi haftada yalpi majlisda körib çiqadi.












