Toşkentda 15 oktabr kuni Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasining navbatdagi s'yezdi bölib ötdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.
Unda partiya Ustaviga muvofiq Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar partiya taşkilotlari konferensiyalarida saylangan delegatlar, partiya Markaziy Kengaşi, Markaziy nazorat-taftiş komissiyasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi a'zolari iştirok etdi.

S'yezdda 4 dekabr kuni bölib ötadigan Özbekiston Prezidenti sayloviga partiya nomzodini ilgari suriş masalasi körib çiqildi.
Delegatlar partiya Markaziy kengaşi VII plenumida tavsiya etilgan nomzod — kengaş raisi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Sarvar Sadullayeviç Otamuratovni Özbekiston Prezidentligiga nomzod etib tasdiqladi.

Nomzod delegatlarni özining saylovoldi dasturi bilan taniştirdi. Delegatlar mazkur dastur yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Şuningdek, s'yezdda kun tartibidagi boşqa masalalar ham körib çiqildi. Saylov kampaniyasini yuqori taşkiliy darajada ötkaziş yuzasidan qator vazifalar belgilandi.
Eslatib ötamiz, bungaça ÖzXDPdan Hotamjon Ketmonov, «Adolat» SDPdan Narimon Umarov Özbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surilgan edi.












