21 oktabr kuni Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida «Milliy tiklaniş» partiyasidan Özbekiston prezidentligiga nomzod Alişer Qodirov toşkentlik saylovçilar bilan uçraşuv ötkazdi.
Gazeta.uz’ning xabar berişiça, nomzod uçraşuvda saylovdagi ğalabadan umidvor emasligi, biroq u ğoyalarni ilgari surişdan töxtamasligi haqida gapirgan.
«Men hozir taxmin qilmoqçi emasman. Saylovning natijalari e'lon qilingandan keyin ma'lum böladi. Lekin men bir narsani e'tirof etib ketişim kerak, tajriba yoki siyosiy nuqtayi nazardan böladimi barça masalalar böyiça Özbekistonda bugun kelayotgan raqobat muhitida yaqqol fikrlar ajralib turibdi.
Bizni fikrlarimiz bugun odamlarga yoqmayotgan bölişi mumkin. Bitta aytgan gapimga şunça negativ munosabat. Men gaplarimni tuşuntirolmayapman. Men şu vatan haqida, şu millat haqida öylayapman, lekin odamlar meni tuşunmayotgan bir paytda ğalabadan umidvor bölişim mumkinmi?
Afsus bilan aytişim kerak, agar odamlar meni tuşunmayotgan bölsa, ular menga ovoz bermaydi. Lekin men gapdan töxtamoqçi emasman.
Ehtimol, ğalabadan umidvor emasdurman, lekin natijada odamlar, albatta, özgaradi. Işonçim komil, jamiyat baribir özgaradi», — dedi «Milliy tiklaniş» partiyasidan prezidentlikka nomzod.
Eslatib ötamiz, partiyaning 6 avgust kuni ötkazilgan navbatdan taşqari plenumida prezidentlikka nomzodi körsatilgan Alişer Qodirov saylovlarda ğalaba qozonmoqçi ekani haqida gapirgandi.


















