«Milliy tiklaniş» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alişer Qodirov Qaşqadaryo viloyatidagi saylovçilar bilan uçraşuvida maktablarda kasb-hunarga öqitiş tizimi haqida öz fikrlarini bildirdi.

«Maktablarda ham hunar örgatişga katta e'tibor qaratişimiz kerak. Hatto oliy ma'lumotli insonning qölida ham albatta hunari bölişi lozim. Yoşlarda boy bölişning yagona yöli oliy ma'lumot oliş degan tuşunça bor. Bu notöğri qaraşdir», – dedi Alişer Qodirov.

U şuningdek, jamiyatda va oilada ayollarga munosib şaroit yaratiş haqida gapirar ekan, prezidentlikka kelsa, bunga alohida e'tibor qaratişini ta'kidladi.

«Ayollarning avvalo ona ekanini esdan çiqarmasligimiz lozim. Ularga oilada ham, jamiyatda ham munosib şaroit yaratib berişimiz kerak. Bu bilan oğriqli jihat – oilalarning ajralib ketişi oldini ham olgan bölamiz. XDPdan körsatilgan nomzod gender tengligi orqali ayollarni hurmat qilişga çaqiryapti. Lekin biz azaldan onalar, qizlarimiz, ayollarimizning hurmatini joyiga qöyib kelgan xalqmiz. Bu biz uçun allaqaçon milliy qadriyatimizga aylanib bölgan», – dedi prezidentlikka nomzod.