Jahon | 17:47 / 16.10.2016
5050
1 daqiqa o‘qiladi

Gaitida BMT xodimlari gumanitar karvonni himoya qilish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi

Foto: Reuters

Gaitida politsiyachilar va BMT xodimlari insonparvarlik karvoniga hujum qilgan 100dan ortiq kishini bartaraf etish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar tarqatdi.

Voqea Le-Ke shahriga BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning tashrif buyurishi arafasida ro‘y berdi. Kotib o‘z tashrifi vaqtida chiqish qilib boshqa mamlakatlarni Gaiti respublikasi aholisiga insonparvarlik yordamlari ko‘rsatishga chaqirdi.

«Biz Gaiti xalqining sabrsizlik qilganini to‘g‘ri tushunamiz. Ular yordam kutishmoqda. Biz insonparvarlik yordamlari imkon qadar tez yetkazilishi uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilmoqdamiz», — degan BMT bosh kotibi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda Gaitida 1,4 milliondan ortiq kishi gumanitar yordamga muhtoj ahvolda qolmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid