Mösulda IŞIDning önlab qömondonlari töntarişga uringani uçun öldirilgan. The Times naşri xabariga köra, ular Iroq hukumatiga şahar darvozalarini oçib berişni niyat qilganlikda ayblanib, qatl etilgan.
Iroq hukumatidagi rasmiy manbaning tasdiqlanişiça, ötgan haftada iroqliklar bilan kelişganlardan birining telefonidagi xabar aniqlanişi ortidan 54 kişi qatl etilgan. Xabarda jihodçilarning taslim bölişi böyiça kelişuv ifodalangandi.
"IŞID içki töntariş yuz berişining oldini oldi va barça xiyonatkorlar qatl etildi", degan naşrga Iroq şimolidagi Nineviya viloyati rahbariyati a'zosi.
Uning sözlariga köra, öldirilganlarning aksari taşkilotda yuqori lavozimlarda edi.
Reuters ma'lumotiga köra esa 58 kişi qatl qilingan. Agentlik xabarida aytilişiça, taşkilot rahbari Abu Bakr al-Bağdodiyning eng yaqin yordamçilaridan biri Mösulni Iroq hukumatiga topşirmoqçi bölgandi.
Kelişuvga köra, jangarilarning asosiy qismini öz pozitsiyalaridan olib, mudofaani kuçsizlantiriş hamda Iroq va koalitsiya şaharni oson egallaşini ta'minlaşdan iborat bölgan.
Mösulni ozod etiş Iroq hukumatining asosiy maqsadi bölib turibdi. Şahar 2014 yilning iyunidan buyon IŞID nazoratida va bu şahar taşkilotning Iroq hududidagi poytaxti sanaladi.












