17 oktabr kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Islom hamkorlik taşkiloti Taşqi işlar vazirlari kengaşining 43 sessiyasida iştirok etiş uçun Toşkent şahriga kelgan Afğoniston Islom Respublikasi taşqi işlar vaziri Salohiddin Rabboni bilan uçraşdi.

Özbekiston TIV matbuot xizmatining xabar qilişiça, muloqot çoğida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi va hamkorlikni yanada rivojlantirişdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.

Uçraşuv doirasida vazirlar Özbekiston bilan Afğoniston Islom Respublikasi örtasida uşlab beriş töğrisida Bitimni imzoladilar.