Har yili 18 oktabr kuni bölib ötadigan Samarqand kuni bu yil yigirmançi marta nişonlanmoqda.
Şahar kuni arafasida Amir Temur nomidagi madaniyat va istirohat markazidagi "Esperanto" xalqaro döstlik tögaragi faollari "Samarqand haqida söz" deb nomlangan xalqaro maktublar kunini taşkil etişdi.
Esperantoçilar uşbu tadbirga Samarqand ularning hayotida u yoki bu tarzda iz qoldirgan barçani taklif etişdi va şaharga öz tilaklarini izhor etişlarini söraşgan.
Aktsiya qatnaşçilari şahar haqida hikoyalar, şe'rlar, qöşiqlar va öz taassurotlarini yöllaşgan.
Şahar va şaharliklarni qutlab bitilgan maktublar Gruziya, Çexiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Xitoy, Bangladeş, Fransiya, Ispaniya, Tayvan va boşqa köplab mamlakatlardan kelmoqda.
"Bunga ança bölgan bölsa-da, Özbekistonga va Samarqandga kelganimda hayratda qolganligimni hozirgaça keçagidek eslayman. Şahar haqida gid menga köp narsalarni hikoya qilib bergandi. Gruziyaga qaytganimdan söng Samarqand haqidagi köplab kitoblarni öqib çiqdim. "Samarqandga qasida" şe'rini gruzin tiliga ögiriş imkoniyatini qölga kiritganimda esa özimni yana bir marta baxtli his qildim", — deb yozgan Gruziyaning Rustavi şahridan Galina Dugaşvili.
"Men Samarqandga uzoq 1975 yilda Çexiyada sotsializm hukm surgan davrda kelganman. Har safar men bu gözal suratni – Registon maydonidagi moviy madrasani körganimda xayolimda öşa sayohatim jonlanadi", deya eslaydi Liba Gabalda.
Uşbu bayram nişonlanişining taşabbuskori Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov bölgan. 20 yil oldin şu kuni şaharga Amir Temur ordeni topşirildi. Şundan buyon har yili bu sana keng nişonlab kelinmoqda.
Şahardagi Registon majmuasi, Amir Temur, Bibixonim, Oqsaroy, Ruhobod maqbaralari, Şohi Zinda yodgorligi, Hazrati Xizr, Bibixonim masjidlarida ta'mirlaş va rekonstruksiya işlari bajarildi. Ular atrofi obodlaştirilib, yangi boğ va xiyobonlar taşkil etildi. YuNeSKOning 2001 yil Finlyandiyada ötkazilgan 25 sessiyasida Samarqanddagi mazkur me'moriy-tarixiy yodgorliklar va boşqa obidalar Jahon merosi röyxatiga kiritildi.
Bugungi kunda Samarqand şahrida 3 şaharça, 219 mahalla fuqarolar yiğini faoliyat körsatmoqda. 88 umumta'lim maktabi, qirqta akademik litsey va kasb-hunar kolleji, yettita oliy öquv yurtida yoşlar zamon talablari darajasida ta'lim-tarbiya olib, kasb-hunar egallamoqda.
1997 yildan buyon Samarqand şahri dunyo miqyosidagi yirik san'at anjumani - “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga mezbonlik qilmoqda.












