Nigeriyada, taxminlarga köra, çorvador-köçmançilarning dam oliş kunlarida amalga oşirgan hujumlari oqibatida kamida 40 nafar inson halok böldi. Bu haqda “Assoşieyted Press” agentligi xabar bermoqda.
Agentlik taqdim etgan ma'lumotga köra, hujumlar şanba va yakşanba kunlari Kaduna ştatida amalga oşirilgan.
Nigeriyadagi çorvador-köçmançilar va ötror xalq örtasidagi adovat hamon davom etmoqda. Çorvalar uçun suv va yemiş izlaş sabab, mahalliy aholiga qaraşli bölgan yerlar ustidan doim uruş çiqib kelgan. Aynan mana şunday ziddiyatlar sabab sönggi bir neça yil içida minglab odamlar halok bölişgan.











