Kvinslend universiteti mutaxassislari (QBI) yangi ultratovuş bilan davolaş usulini sinovdan ötkazişdi. Ular siçqonlar miyasidagi qariş jarayonini sekinlaştirişning uddasidan çiqişdi. Mazkur tajribaga bağişlangan maqola QBI saytida çop etildi. 

Tadqiqot davomida olimlar 6 hafta mobaynida muntazam ravişda siçqonlarga ultratovuş bilan ta'sir körsatiş muolajalarini amalga oşirişdi. Şundan keyin ular davolaş natijalarini örganib çiqişdi. Qariş jarayoni miyaning hissiyotlar şakllanişi va xotirani boşqariş uçun mas'ul bölgan qismi - gippokamp hujayralari tuzilişini özgartiradi. 

Ma'lum bölişiça, ultratovuş siçqonlar miyasining qariş jarayonini sekinlaştirgan. Gippokamp tuzilişi hatto davolaşdan 3 oy ötib ham özgarişsiz qolgan. Tadqiqot muallifi Robert Xetç muolajalarning organizmga heç qanday ziyon yetkazmaganini ta'kidladi. 

Tajriba siçqonlarda ötkazildi, şu bois ultratovuşning inson miyasiga ta'siri ham xuddi şunday bölişiga kafolat yöq. Endilikda olimlar muolaja ta'sirini "keksa" jonivorlarda sinab körişmoqçi, ehtimol, şundan keyingina yangi texnologiya ta'siri insonlarda sinab körilar.